13:30, Sentabr 7, 2026
/
337

Kontrakt.edu.uz saytida nosozliklar kuzatilmoqda

Super-kontrakt uchun ariza topshirishda ayrim texnik muammolar yuzaga kelmoqda.

Xususan:
– arizaning avtomatik rad etilishi;
– talaba ma’lumotlarining ko‘rinmay qolishi;
– ariza yuborish tugmasining ishlamasligi;
– kontrakt summasining aks etmasligi kabi holatlar kuzatilmoqda.

Biroq bu holatlar vaqtinchalik.

Sayt barcha toifadagi talabgorlar uchun bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Shu sababli tizimga yangi ma’lumotlar kiritilishi jarayonida ayrim texnik nosozliklar yuzaga kelmoqda.

Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilganidek, super-kontrakt uchun ariza topshirish imkoniyati ham talabgorlar toifalariga qarab asta-sekin ochilmoqda.

Tez orada aniqlangan texnik kamchiliklar bartaraf etilib, Kontrakt.edu.uz sayti to‘liq ishga tushirilishi kutilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari