14:15, Avgust 27, 2026
/
6,6 тыс

Birinchi kurs talabalari kontraktni birinchi haftada to‘lash shartmi?

To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt summasini bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashlari mumkin.

To‘lov muddatlari quyidagicha:
25 foiz – 1-kursga tavsiya etilgan talabalar uchun 15-sentyabrgacha, 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

50 foiz – 1-yanvargacha;

75 foiz – 1-martgacha;

100 foiz – 1-maygacha.

Shuningdek, belgilangan to‘lov muddatlari uzaytirilishi mumkin. 1-kurs talabalari uchun dastlabki muddatni uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga, boshqa holatlarda esa OTM rektoriga berilgan.

2025/2026-o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun dastlabki 25 foizlik to‘lovni amalga oshirish muddati 30-oktyabrgacha uzaytirilgan edi.

Super-kontrakt asosida o‘qishga kirganlar ham kontraktni bo‘lib to‘lashi mumkin. Biroq bunda dastlab kontrakt summasining 50 foizini to‘lash talab etiladi. Qolgan summa umumiy tartibda bo‘lib to‘lanadi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kontrakt miqdori va to‘lov muddatlarini mustaqil belgilashi mumkin.

Joriy yilda 1-kursga qabul qilingan talabalar va yuqori kurs talabalari kontrakt to‘lovi bo‘yicha kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborishlari mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari