12:33, Dekabr 1, 2025
/
385

O‘zbekiston OTMlarida qancha magistrant tahsil olmoqda?

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida joriy o‘quv yilida 65 ming 335 nafar magistrant tahsil olmoqda. Ularning 65,24 foizi – 42 626 nafarini ayollar, 34,76 foizi – 22 711 nafarini esa erkaklar tashkil etadi.

Yosh kesimida esa 30 yoshgacha bo‘lganlarning ulushi yuqori. Magistrantlarning 49 mingdan ortig‘i 30 yoshdan kichik. 50 197 nafar talaba to‘lov-kontrakt, 15 138 nafar talaba davlat granti asosida tahsil olmoqda.

Magistrantlar tarkibida 44 024 nafar talaba 1-kursda, 20 757 nafari 2-kursda, 553 nafar talaba esa 3-kursda tahsil olmoqda.

Fuqarolik bo‘yicha taqsimotda esa mahalliy talabalar ancha ustunlik qiladi. Hozir OTMlarning magistratura bosqichida 64 756 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 579 nafar xorijiy davlat fuqarosi ta’lim olmoqda.

Statistikaga ko‘ra, ular orasida yashash joyi bo‘yicha 29 476 nafar talaba o‘z uyida, 28 030 nafari yotoqxonada, 7 047 nafari esa ijarada istiqomat qilmoqda.

Ta’lim shakli bo‘yicha magistratura talabalari orasida kunduzgi bo‘lim yetakchilik qiladi:

– 59 374 nafar — kunduzgi;
– 1 187 nafar — kechki;
– 2 509 nafar — sirtqi;
– 1 063 nafar — masofaviy shaklda o‘qimoqda.

Ma’lumotlar real vaqt rejimida HEMIS axborot tizimidan olinmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari