Magistratura: Arizalarni tahrirlash boshlandi!

2026-2027-o‘quv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga my.edu.uz orqali yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish yakunlandi.
Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablarga ko‘ra rad etildi.
Arizalar rad etilishining asosiy sabablari:
– Mutaxassislik va bakilavriat yo‘nalishi mos yoki turdosh emasligi
– Chet tili yoki SAT sertifikati tasdiqlanmagani yoki darajasi yetarli emasligi
– Kerakli hujjat o‘rniga boshqa fayl yoki chala/sifatsiz hujjat yuklangani
– Xorijiy dildagi ta’lim dasturini tugatgani tasdiqlanmagani.
Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.
Muhim eslatma, 26-avgust soat 14:00 dan so‘ng tizim yopiladi va kamchiliklari tuzatilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Kimlarga arizani tahrirlash tavsiya etilmaydi?
Agar arizangiz til sertifikatingiz yo‘qligi yoki darajasi talabga javob bermasligi sababli rad etilgan bo‘lsa, uni qayta tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar baribir ko‘rib chiqilmaydi.