09:25, Iyul 8, 2026
/
414

Magistratura qabulida SAT qanday imtiyoz beradi ?

2026-2027-o‘quv yili magistratura qabuli uchun SAT sertifikatiga ega talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

Buning uchun SAT sertifikati College Board platformasi orqali 30054 DI kodi yordamida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilishi shart. 

Kimlar imtiyozdan foydalanadi? 

SAT imtihonidan kamida 1200 ball (maksimal ballning 75 foizi) olganlar;
Bakalavriat yo‘nalishiga mos yoki turdosh magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirayotgan talabgorlar.

SAT natijasi qancha vaqtda yetib boradi?

Standart (Score Report) – odatda 10 ish kuni ichida;
Tezkor (Rush) – 4 ish kuni ichida (dam olish va bayram kunlarisiz).

E’tibor bering, qabulda faqat 30054 DI kodi orqali vazirlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikati haqiqiy hisoblanadi. Sertifikatning PDF nusxasi, skrinshoti yoki qo‘lda yuklangan varianti qabul qilinmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, davlat OTMlari magistraturasiga hujjatlar 30-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari