Magistraturaga qabul 2026: Turdosh yo‘nalishlar tasdiqlandi!

Nihoyat, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026/2027-o‘quv yilida magistraturaga qabul uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Yangi ro‘yxat 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura turdosh yo‘nalishlari ro‘yxatidan biroz farq qiladi. Eski hujjatda turdosh guruhlar soni 141 ta bilan yakunlangan bo‘lsa, yangi 2026/2027-yilgi hujjatda bu ko‘rsatkich 142 ta guruhga yetkazilgan.
Shuningdek, yangi o‘quv yili ro‘yxatida zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan ayrim tor mutaxassisliklar hamda ularga mos keluvchi yangi turdosh bakalavriat yo‘nalishlari kengaytirilgan. Xususan, so‘nggi yillarda ochilgan raqamli texnologiyalar, islom iqtisodiyoti va moliyasi, shuningdek maxsus muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha turdoshlik shartlari aniqlashtirilgan.
Bundan tashqari, yangi hujjatda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarining shifrlari amaldagi “Oliy ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi klassifikatori”ga to‘liq muvofiqlashtirilgan bo‘lib, eski ta’lim yo‘nalishlari bilan bir qatorda yangi 6-xonali shifrdagi davlat talablariga mos keluvchi yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Batafsil ro‘yxat bu yerda👇