Marafon fojia bilan yakunlandi: 20 yoshli talaba vafot etdi

Kolumbiyada 30 mingdan ortiq kishi qatnashgan marafon fojia bilan yakunlandi. 20 yoshli talaba qiz yugurish vaqtida to‘satdan hushidan ketdi. Shifokorlar uning yuragini uch marta qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq qizni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Voqea 6-sentabr kuni Medellin shahrida o‘tkazilgan marafon vaqtida yuz bergan. Biotibbiyot muhandisligi fakultetida tahsil olgan Juliana Avila masofani yugurib o‘tayotgan paytda to‘satdan hushini yo‘qotgan.
U zudlik bilan Medellinning markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar yuragi to‘xtaganidan so‘ng uni uch marta reanimatsiya qilgan. Biroq Juliana ertasi kuni vafot etgan.
Qizning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan. Mahalliy hokimiyat bu borada tekshiruv olib borilayotganini bildirgan.
Juliana Avila Kolumbiya vitse-prezidenti o‘g‘lining sevgilisi bo‘lgani ham ma’lum qilindi. Mamlakat prezidenti Abelardo de la Espriella uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat so‘nggi sakkiz yil ichida mazkur marafonlarda qayd etilgan to‘rtinchi o‘lim bo‘lgan.