07:30, Iyun 26, 2026
/
419

Oliy toifali o‘qituvchilarga masofaviy magistratura yo‘lga qo‘yildi

Hukumatning 2026-yil 24-iyundagi 322-son qarori bilan maktablarda faoliyat yuritayotgan oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika yo‘nalishida maqsadli magistratura tizimi joriy etildi.

Qarorga ko‘ra, oliy toifali o‘qituvchilar magistratura bosqichida ishdan ajralmagan holda masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil oladi. Mazkur tizim 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, maqsadli magistraturani tamomlagan o‘qituvchilar kamida uch yil davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlashi shart bo‘ladi.

Qarorda yana bir muhim jihat.  Unga ko‘ra, mazkur tartib asosida maqsadli magistraturaga qabul qilingan xotin-qiz o‘qituvchilarga davlat budjeti hisobidan to‘lov-kontrakt mablag‘larini qoplab berish tartibi tatbiq etilmaydi.

Maqsadli magistraturaga qabul kvotalari har yili ehtiyojdan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. O‘qishga qabul esa amaldagi umumiy tartib asosida amalga oshiriladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari