14:25, Iyun 30, 2026
/
455

“Mening birinchi kompyuterim”: Davlat noutbuk narxining yarmini qoplab beradi

Superkompyuter va bepul sun’iy intellekt laboratoriyalari

«Raqamli hukumat» markazi qoshida yurtimizdagi ilk superkompyuter klasteri o‘z ishini boshladi va kelasi yili uning quvvati 3 barobarga oshiriladi. Bundan tashqari, joriy yilning o‘zida 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil qilinadi. Eng asosiysi, yoshlar tarmoq va hududlardagi muammolarga sun’iy intellekt yordamida yechim topish uchun ushbu superkompyuter hamda laboratoriyalardan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Hududlarda yangi AT parklar va 20 mingta ish o‘rni Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT (IT) parklar allaqachon muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘tgan haftada Yangi Namanganda ham yirik loyihaga start berildi.

Endilikda Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon va Navoiy shaharlarida ham jami 100 ming kvadrat metr maydonni egallaydigan yirik AT parklar qurilishi boshlanmoqda. Bularning hisobiga yoshlarimiz uchun 20 mingdan ziyod yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratiladi.

“Mening birinchi kompyuterim” dasturi

Ehtiyojmand oilalarda yashovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi ijtimoiy dastur ishga tushirilmoqda. Dastur doirasida 10 ming nafar yigit-qizga noutbuk xarid qilish uchun ulkan yengillik beriladi:

  • Xarajatning 50 foizi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasi tomonidan to‘lab beriladi;
  • Qolgan yarmi uchun esa 3 yil muddatga foizsiz ssuda ajratilib, bo‘lib to‘lash sharoiti yaratiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari