14:09, Avgust 27, 2026
/
15,9 тыс

Milliy sertifikat imtihonlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026-yilning ikkinchi yarmida chet tili va umumta’lim fanlaridan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha yangi jadval va tartiblarni e’lon qildi.

Talabgorlarni bir nechta muhim o‘zgarishlar kutmoqda.

To‘lov miqdori oshadi

2026-yil 1-sentyabrdan milliy sertifikat imtihoni uchun to‘lov miqdori oshiriladi.

  • 1-sentyabrgacha – 556 200 so‘m
  • 1-sentyabrdan – 594 000 so‘m

To‘lov miqdori BHMga bog‘langan. 1-sentyabrdan BHM 440 ming so‘m etib belgilangani sababli imtihon to‘lovi ham oshmoqda.

Yangi fanlardan ham sertifikat imtihoni bo‘ladi

Ikkinchi yarim yillikda milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar qatoriga:

  • Huquqshunoslik
  • Musiqa madaniyati
  • Boshlang‘ich ta’lim

ham qo‘shilgan.

Ayrim imtihonlar kompyuterda topshiriladi

Fizika, musiqa madaniyati, geografiya, huquqshunoslik va boshlang‘ich ta’lim fanlaridan imtihonlar elektron shaklda, ya’ni kompyuter orqali o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, chet tillaridan ham ayrim imtihonlar elektron formatga o‘tkaziladi. Xususan, nemis va fransuz tillari bo‘yicha testlar kompyuterda olinadi.

Qisqasi, 2026-yilning ikkinchi yarmidan milliy sertifikat tizimida uchta asosiy yangilik bor: to‘lov oshadi, yangi fanlardan sertifikat imtihonlari joriy etiladi va ayrim fanlar hamda chet tillaridagi imtihonlar elektron formatga o‘tkaziladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari