14:27, Noyabr 20, 2026
/
413

Milliy sertifikat imtihonlarida örinlar soni çeklanmaydi

Bilim va malakalarni baholaş agentligi ma’lum qilişiça, 23-26 va 31-oktyabr kunlari ona tili va adabiyot (özbek, rus, qoraqalpoq), tarix hamda geografiya fanlaridan ötkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari bugun, 20-noyabr kuni yakuniga qadar e’lon qilinadi. Talabgorlar öz natijalarini my.gov.uz sayti orqali bilib olişlari mumkin.

Amaldagi tartibga köra, imtihon natijalari 21 iş kuni içida e’lon qilinişi kerak. Biroq talabgorlarga qulaylik yaratiş va navbatdagi imtihonlarga röyxatdan ötişni ertaroq boşlaş maqsadida natijalarni belgilangan muddatdan oldin çiqarişga qaror qilingan.

Navbatdagi milliy sertifikat imtihoniga röyxatdan ötiş 21-noyabrdan 4-dekabrgaça davom etadi. Talabgorlar 5-dekabrga qadar imtihon uçun tölovni amalga oşirişlari kerak.

Muhim yangilik: milliy sertifikat imtihonlariga röyxatdan ötişda örinlar soni çeklanmaydi.

Avvalgi tartibga köra, har bir hududda imtihon topşiruvçilar uçun oldindan ma’lum miqdorda örin ajratilar edi. Ya’ni belgilangan örinlar tölib qolsa, boşqa talabgorlar uşbu hududda imtihonga röyxatdan öta olmasdi.

Endilikda esa hududlar böyiça bunday çeklov qöyilmaydi. Masalan, Toşkent şahrida imtihon uçun 5 mingta örin ajratilgan bölsa, avval faqat şunça talabgor röyxatdan öta olardi. Yangi tartibda esa 5 ming emas, 10 ming kişi hujjat topşirsa ham, örinlar soni sababli röyxatdan ötiş çeklanmaydi.

Biroq buning evaziga imtihon sanalari oldindan qat’iy belgilanmaydi. Avval barça talabgorlar röyxatdan ötkaziladi, keyin ularning soniga qarab imtihon kunlari va joylari rejalaştiriladi. Aniq sanalar imtihon boşlanişidan 7 kun oldin ma’lum qilinadi.

Demak, talabgorlar belgilangan muddatda röyxatdan ötsa, hududidagi örinlar tugab qolişidan xavotirlanişiga hojat yöq. Ammo hozirça uşbu tartib faqat ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan navbatdagi imtihonga taalluqlimi yoki kelgusida barça fanlar böyiça milliy sertifikat imtihonlarida ham qöllaniladimi – uşbu savol hozirça oçiq qolmoqda.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari