10:09, Sentabr 22, 2026
/
2,4 тыс

Qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?

Texnikumlarning 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari shakllantirilishi va bajarilishi bo‘yicha tahlil qilindi.

Tahlilga ko‘ra, respublika bo‘yicha eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish. Ushbu yo‘nalishga jami 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari (20,2%) hujjat topshirgan.

Hududlarda esa talab yuqori bo‘lgan o‘ziga xos yo‘nalishlar quyidagicha:

Toshkent shahri – kompyuter tizimlarida dasturlash
Samarqand viloyati – sartaroshlik
Surxondaryo viloyati – qutqaruvchilik
Farg‘ona viloyati – tikuvchilik mahsulotlari dizayni
Toshkent viloyati – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti
Navoiy viloyati – foydali qazilmalarni maydalash va saralash 

Bundan tashqari, infografikada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari hamda abituriyentlarning real qiziqishlari o‘rtasida sezilarli nomutanosibliklar ko‘rinadi.

Eng ommabop yo‘nalishlar:

Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish – 20% 
Tikuvchi – 7%
Hamshiralik ishi – 6%
Traktorchi-mashinist – 5%
Davolash ishi – 4%
Kompyuter grafikasi va dizayn operatori – 4%
Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi – 3%
Boshqa yo‘nalishlar – 51%

Eng yuqori talabga ega top-5 yo‘nalish :

Avtomobillarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish: Reja: 27 660 | Qabul qilinganlar: 50 116 (181,2%)
Traktorchi-mashinist: Reja: 9 780 | Qabul qilinganlar: 12 347 (126,2%) Hamshiralik ishi: Reja: 16 654 | Qabul qilinganlar: 15 539 (93,3%)
Davolash ishi: Reja: 11 670 | Qabul qilinganlar: 10 404 (89,2%)
Tikuvchi: Reja: 20 550 | Qabul qilinganlar: 16 266 (79,2%)

Eng past talabga ega top-5 yo‘nalish

Bir qator muhim kasblar bo‘yicha ajratilgan kvotalarga qaramay, abituriyentlar tomonidan umuman hujjat topshirilmagan (0%):

Buxgalter – Reja: 300 (0%)
Ikkilamchi qayta ishlash va boshqalar – Reja: 300 (0%)
Mebel ishlab chiqarish texnologiyasi – Reja: 210 (0%)
Kadastr – Reja: 180 (0%)
Energetika (issiqlik energetikasi) – Reja: 150 (0%)

Kasbiy ta’lim tizimida qabul parametrlarining batafsil tahlili bilan quyidagi hujjatda tanishishingiz mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari