09:38, Sentabr 15, 2026
/
1,6 тыс

My.gov.uz portalida talabalar uchun zarur 7 xizmat haqida bilasizmi?

Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun bir qator davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklda ko‘rsatilmoqda. Quyida talabalar uchun eng zarur xizmatlar ro‘yxatini taqdim etamiz:

1. Yotoqxonaga joylashish va navbatni tekshirish
Arizani onlayn yuboring va navbatingizni real vaqt rejimida kuzatib boring.
Ariza topshirish | Navbatni tekshirish

2. Imtiyozli ta’lim krediti olish

To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim kreditiga ariza berish xizmati.
Kreditga ariza yuborish

3. To‘lov-kontrakt shartnomasini elektron olish
Davlat OTMlari talabalari uchun kontrakt shartnomasini onlayn yuklab olish imkoniyati.
Kontrakt shartnomasini olish

4. Ijara to‘lovlari va kompensatsiya
Oylik ijara to‘lovlari haqida ma’lumot olish hamda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza topshirish.
Ijara kompensatsiyasiga ariza | Ma’lumot olish

5. Stipendiyalar haqida ma’lumot
Hisoblangan stipendiyalar hamda bakalavriat bo‘yicha davlat stipendiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘ling.
Stipendiyani tekshirish | Davlat stipendiyalari

6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish
OTMda tahsil olayotganlik haqidagi rasmiy ma’lumotnomani bir necha soniyada elektron shaklda yuklab oling.
Ma’lumotnoma olish

7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish
Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin.
Ariza yuborish

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari