Neft-gaz yo‘nalishi talabalari uchun bepul kurslar platformasi ishga tushdi

Neft-gaz sohasida bilim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan UNG Online raqamli ta’lim platformasi ishga tushirildi.
Platformadan “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari, shuningdek, neft-gaz yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari foydalanishi mumkin. Unda soha uchun zarur bo‘lgan zamonaviy va amaliy o‘quv kurslari jamlangan.
Dastlabki bosqichda foydalanuvchilarga quyidagi kurslar bepul taqdim etiladi:
– HSE va mehnat muhofazasi;
– “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining tarixi, tuzilmasi va faoliyati;
– gender stereotiplari;
– tazyiq va ta’qibning oldini olish.
Darslar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Platformada o‘quv jarayoni, kurslarni o‘zlashtirish darajasi va natijalarni kuzatib borish imkoniyati ham mavjud.
Platforma orqali neft-gaz sohasida bilimlarni oshirish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan raqamli ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda.
Batafsil: ungacademy.uz
Hamkor: Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi.
Dilnoza Zaripova