09:35, Avgust 26, 2026
/
831

Nodavlat OTM bitiruvchilari davlat oliygohlarida oʻqiganlarga qaraganda tezroq ish topmoqda

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari ishga joylashish tezligi, bandlik barqarorligi, daromad darajasi va bandlik shakli asosida baholangan.

Respublika bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashishi uchun o‘rtacha 3 oy 5 kun vaqt ketgan.Oliy ta’lim tashkilotlarining mulkchilik shakli bo‘yicha esa bu ko‘rsatkichlar farq qilgan. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari o‘rtacha 2 oy 10 kunda ishga joylashgan. Davlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarida bu muddat 2 oy 29 kun, xorijiy universitetlar filiallari bitiruvchilarida esa 3 oy 20 kunni tashkil etgan. 

Fikrlar (0)
Avval yangilari