07:34, Oktabr 2, 2026
/
279

Ogoh bo‘ling: Vazir nomidan soxta xabarlar yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Telegram orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan turli shaxslarga soxta xabarlar yuborilayotgani aytilmoqda. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, xabarlarda ko‘rsatilgan akkaunt vazirning shaxsiy Telegram akkaunti emas. Demak, mazkur xabarlarni vazir yubormayapti.

Fuqarolardan quyidagilarga qat’iy rioya qilish so‘raladi:

– soxta xabarlarga ishonmang;
– ularga javob bermang;
– telefoningizga kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga yubormang va aytmang;
– shaxsiy ma’lumotlaringiz va hujjatlaringizni taqdim etmang;
– shubhali havolalarni ochmang va bunday xabarlarni boshqalarga tarqatmang.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga oid rasmiy va ishonchli ma’lumotlar faqat vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinadi.

Feyk xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari