08:44, Sentabr 2, 2026
/
568

Oksford talabalari bir oy davomida o‘zbek tilini o‘rganadi

Oksford universiteti talabalari o‘zbek tilini o‘rganish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular bir oy davomida nafaqat til o‘rganadi, balki O‘zbekiston tarixi va madaniyatini ham yaqindan kashf etadi.

“Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida mamlakatimizda yozgi maktab boshlandi.

Ishtirokchilar:
– o‘zbek va chig‘atoy tillarini intensiv o‘rganadi;
– o‘zbek adabiyoti va tarixini o‘rganadi;
– jadidlar merosi bilan tanishadi;
– san’at va milliy madaniyatimiz haqida ma’ruzalar tinglaydi;
– Toshkent, Samarqand va Buxorodagi tarixiy maskanlarni tomosha qiladi.

Eng qizig‘i, talabalar o‘zbek tilini darslikdan emas, jonli muloqot muhitida o‘rganadi. Ya’ni bir oy davomida O‘zbekistonning o‘zi ular uchun katta “auditoriya”ga aylanadi.

Mazkur dastur 2025-yil oktabr oyida Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Oksford universitetida yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Oksford universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva dastur o‘zining amaliy natijalarini berayotganidan mamnunligini bildirib, ishtirokchilarga:

“Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin”, – deya tilak bildirdi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari