13:46, Aprel 11, 2025
/
152

Olimlar kimlar soxta xabarlarga ko‘proq ishonishini aniqlashdi

Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlari Z avlodi vakillari keksa internet foydalanuvchilariga qaraganda soxta yangiliklarga ko‘proq ishonishini aniqladi.

Tadqiqot maxsus vosita – psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan sezgirlik testi (MIST) yordamida o’tkazildi. Ishtirokchilardan taqdim etilgan sarlavhalarning qaysi biri to’g’ri va qaysi biri noto’g’ri ekanligini aniqlashlari so’ralgan. Misollar orasida ham haqiqiy, ham soxta sarlavhalar keltirilgan

Natija Z avlod vakillari boshqa yosh guruhlariga qaraganda soxta xabarlarga ko’proq ishonishini isbotladi.

Konservativ qarashlarga ega odamlar ham soxta xabarlarga ko’proq ishonishgan.

Bundan tashqari, ma’lum bo’lishicha, ayollar erkaklarnikiga qaraganda noto’g’ri ma’lumotlarga ko’proq moyil bo’lishadi

Fikrlar (0)
Avval yangilari