Olimlar yangi turdagi suyuqlikni kashf etishdi
Massachusets Amherst universiteti tadqiqotchilari fizikaning odatiy qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan hayratlanarli hodisani aniqlashdi.
Olimlar odatiy suyuqliklarga o’xshamaydigan, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan yangi suyuqlik topishdi. Bu suyuqlik suv va moy aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, magnit nanozarrachalari yordamida boshqariladi. Eng qizig’i, bu suyuqlik chayqalsa ham, doimo bir xil shaklni saqlab qoladi!
Olimlarning ta’kidlashicha, bu kashfiyot kelajakda yangi materiallar yaratishda, masalan, o’z shaklini eslab qoladigan materiallar yoki yumshoq moddalarning xususiyatlarini o’rganishda foydali bo’lishi mumkin. Hozircha bu kashfiyotning amaliy foydasi yo’q, ammo olimlar uning kelajakda katta ahamiyatga ega bo’lishiga ishonishmoqda.