12:26, Avgust 21, 2026
/
4,2 тыс

Olimpiada g‘oliblari byudjet o‘rinlarini egallab oldi

Rossiyaning yetakchi OTMlarida ayrim yo‘nalishlarda budjet o‘rinlarining barchasi olimpiada g‘olib va sovrindorlariga berildi. Natijada hatto 100 ballik natija ko‘rsatgan abituriyentlar ham bepul o‘qishga kira olmadi. Bu haqida RBK nashri xabar berdi.

Aytilishicha, Moskva davlat universitetida ayrim yo‘nalishlarda budjet o‘rinlarining aksariyatini olimpiadachilar egallagan, ayrim dasturlarda esa barcha o‘rinlar ularga berilgan.

Olimpiada imtiyoziga ega bo‘lganlar sonining oshishi sabab ayrim OTMlarda Yagona davlat imtihoni (EGE) orqali kiruvchilar uchun o‘tish ballari ham sezilarli ko‘tarilgan.

Masalan:
Moskva davlat universiteti – 81 balldan 87 ballgacha;
MGIMO Iqtisodiyot fakulteti – o‘tish bali 30 ballga oshgan;
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining ayrim yo‘nalishlarida – 10 ballga oshgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari