12:43, Dekabr 11, 2025
/
641

Oliy ta’lim hammaga bepul bo‘ladi!

“Gruziya davlat universitetlarida ta’lim keyingi yildan boshlab barcha talabalar uchun bepul bo‘ladi”, – deb xabar bermoqda 1tv.ge Bosh vazir Irakli Kobaxidzega tayanib.

Kobaxidze bu qadamni davlat universiteti tizimida bosqichma-bosqich joriy etiladigan muhim islohot ekanligini aytdi.

“Oliy ta’lim islohotiga, ayniqsa, moliyalashtirish masalasiga kelsak, biz ham hukumat, ham siyosiy kengash formatlarida muhokamalar o‘tkazdik va 2026-yildan boshlab davlat universitetlarida talabalar uchun ta’lim to‘liq bepul bo‘lishiga qaror qildik. Keyingi yillarda qabul qilinganlar oliy ta’limga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu juda muhim o‘zgarish bo‘lib, u davlat universiteti tizimida bosqichma-bosqich joriy etiladi», dedi Kobaxidze.

Fikrlar (0)
Avval yangilari