14:08, Dekabr 15, 2025
/
211

Braun universiteti fojiasidan yangi tafsilotlar: gumondor oliygoh talabasi bo‘lishi mumkin

“Otishmada gumon qilinayotgan shaxs AQSh armiyasida xizmat qilgan va namunali xulqi uchun medal bilan taqdirlangan”, – deb xabar bermoqda Ren TV.

24 yoshli Benjamin Erikson 2021-yil may oyidan 2024-yil noyabrigacha AQSh armiyasida piyoda askar bo‘lib xizmat qilgan. U snayperlik tayyorgarligidan o‘tgan, AQSh prezidenti bilan bevosita yaqin hududda xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etgan va benuqson xizmati uchun medal bilan mukofotlangan.

Erikson volontyorlik faoliyati bilan ham faol shug‘ullangan: u uysizlar va keksalarga yordam bergan.

Avvalroq OAV u Braun universitetida o‘qimaganini ma’lum qilgan edi, biroq Benjammining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ko‘zdan kechirilganda u kuz faslida Viskonsin universitetidan Braun universitetiga ko‘chib o‘tgani va bu yerda psixologiya yo‘nalishida tahsil olgani aniqlangan.

©️Surat Benjamin Eriksonning shaxsiy sahifasidan olingan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari