13:36, Iyun 9, 2026
/
397

Ona tili sertifikati natijasi chiqmagan bo‘lsa ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Ayni damda Bilimni baholash agentligining rasmiy Telegram kanalida ovozli chat o‘tkazilmoqda. Unda mutaxassis Xabibulla Nuraliyev abituriyentlar ona tili sertifikati natijasini kutmasdan ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.

Agar ona tili sizning asosiy faningiz bo‘lsa, fanlar majmuasini tanlash jarayonida sertifikat haqidagi bo‘limda “Sertifikatdan foydalanaman” tugmasini bosishingiz kerak.

Aksincha, sizda ona tili majburiy fan sifatida topshirilgan bo‘lsa, milliy sertifikat natijasi e’lon qilingach, u tizimga avtomatik ravishda qo‘shiladi.

Shu sababli sertifikat natijasini kutib o‘tirmasdan qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari