13:22, Sentabr 18, 2026
/
1,0 тыс

O‘qishidan qoniqmayotgan yoshlar yetakchi oliygohlarda kasbga o‘qitiladi

15- sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

Uchrashuvda prezident Koreyada tahsil olayotgan va hozirgi o‘qishidan to‘liq qoniqmayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyat yaratilishini aytdi.

Unga ko‘ra, yoshlar uchun yangi 3 yillik dastur ishlab chiqiladi.

Dastur doirasida yoshlarni kasbga o‘qitish, yangi imkoniyatlar yaratish va Koreya tajribasini o‘zlashtirishga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali saralangan yoshlar Koreyaning yetakchi oliygohlarida 6 oy davomida yangi kasb bo‘yicha o‘qitilishi va ta’lim xarajatlari to‘liq qoplab berilishi rejalashtirilmoqda.

Prezidentning ma’lum qilishicha, bir oy ichida jamg‘arma vakillari Koreyaga borib, vatandoshlar bilan uchrashadi va munosib nomzodlarni saralab oladi. Ularga Prezident stipendiyasi ajratilishi ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekistondagi oliygohlarda ham talabalarni darsdan keyin qo‘shimcha kasbga o‘rgatish bo‘yicha topshiriq berilishi aytildi. Davlat rahbari ushbu tajribani kelgusida boshqa davlatlarda ham qo‘llash rejalashtirilayotganini bildirdi. 

Fikrlar (0)
Avval yangilari