07:57, Iyul 9, 2026
/
947

O‘qishni ko‘chirish (perevod) bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

2026-2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlarning o‘tish ballari e’lon qilindi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha minimal o‘tish ballari:
➖Huquq – 165 ball
➖Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar – 140 ball
➖Sog‘liqni saqlash – 132 ball
➖San’at, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv – 105 ball
➖Transport xizmatlari – 104 ball
➖Ta’lim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy ta’minot -94 ball
➖Biologik fanlar, Fizika, Xizmat ko‘rsatish – 80 ball
➖Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura – 75 ball
➖Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, Mehnat muhofazasi -70 ball
➖Veterinariya – 60 ball

Ma’lumot o‘rnida, xorijiy OTMlardan O‘zbekiston davlat OTMlariga mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

O‘tish ballari to‘liq ro‘yxati rasmiy hujjati bu yerda👇

Fikrlar (0)
Avval yangilari