11:03, Sentabr 24, 2026
/
318

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonga 2-oltin medalni talaba keltirdi

Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan talabalar yuqori natijalarni qayd etmoqda.

Shohsanam Sherzodova – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi – kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 200 metr masofada barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Humoyunmirzo Halimov – Farg‘ona davlat universitetining 2-bosqich talabasi – karate bo‘yicha 55 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga talabalar tomonidan 1 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘shildi.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari