12:58, Avgust 17, 2026
/
4,1 тыс

Qabul 2026: O‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi

Bugun, 17-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida 2026-2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari yakunlari va yakuniy tanlov natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida joriy yil uchun oliy ta’limga kirishda minimal o‘tish ballari o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan bir xil qolganligi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali –  68,0 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa – 56,7 ball etib belgilangan. 

Minimal o‘tish bali nafaqat talabalikka tavsiya etilishda, balki vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish hamda super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatidan foydalanishda ham muhim mezon hisoblanadi. Shu sababli 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok eta olmaydi hamda super-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza bera olmaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari