OTMni endi tamomlab maktabga ishga kirgan pedagog qancha maosh oladi?

O‘zbekistonda 2026-yilning 1-sentyabridan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar, pedagog hamda boshqa xodimlarning ish haqini hisoblash uchun yangi bazaviy tarif stavkalari rasman joriy tasdiqlandi.
Unga asosan, universitetni tamomlagan, biroq hali hech qanday malaka toifasiga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli maktab o‘qituvchisining bazaviy lavozim maoshi 3 992 960 so‘m qilib belgilangan. Agar yosh kadr hali oliygohni to‘liq bitirmasdan, o‘rta maxsus diplom bilan maktabga ishga kirsa, uning bazaviy maoshi 3 731 840 so‘mni tashkil etadi.
Bu o‘rinda, hukumatning 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan bakalavriat yoki magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan yosh mutaxassislar birinchi marta ishga kirganlarida avtomatik tarzda yuqoriroq malaka toifasiga ega bo‘lishlarini ham nazardan qochirmaslik kerak.Hujjatga ko‘ra, 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilarga ikkinchi, magistratura bosqichi bilan birga yakuniy davlat attestatsiyasini ham a’lo bahoga tamomlagan magistrlarga esa birinchi malaka toifasi beriladi.Bunda har ikki toifa hamta‘lim tashkilotiga birinchi marta ishga kirgan bo‘lishi kerak. Ushbu toifadagi pedagoglarga esa yangi tasdiqlangan bazaviy tariflar bo‘yicha qizil diplomli yosh pedagoglarning maoshi mos ravishda 4 470 320 hamda 4 980 320 so‘mni tashkil etadi.

Muhim eslatma: Yuqorida keltirilgan raqamlar faqatgina to‘liq 1 stavka dars yuklamasi bilan ishlaydigan pedagoglar uchun kafolatlangan bazaviy lavozim maoshi hisoblanadi. Mazkur summaga hali dars soatlari hajmi, sinf rahbarligi, daftar tekshirganlik yoki turli xil rag‘batlantirish va ustamalar (ballar) qo‘shilmagan. Shuningdek, tasdiqlangan ushbu bazaviy tarif stavkalari joriy o‘quv yili uchun amal qilib, kelgusida iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin.