10:44, Sentabr 24, 2026
/
221

O‘zbekistonda ozarbayjon tilini bepul o‘rganish mumkin

O‘zbekistonda ozarbayjon tilini o‘rganishni istaganlar uchun bepul til kurslari tashkil etiladi. Bu haqida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Rashad Mamedov ma’lum qildi.

Kurslar Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida tashkil etiladi. Markaz Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzurida faoliyat yuritadi.

Mashg‘ulotlar 30-sentyabrdan boshlanadi.

Kurs davomida ishtirokchilar malakali mutaxassis yordamida ozarbayjon tilining lug‘at boyligi, grammatikasi, to‘g‘ri so‘zlashuv qoidalari va kundalik muloqot ko‘nikmalarini o‘rganadi.

Kurslarda qatnashishni istaganlar quyidagi posterdagi QR-kodni skanerlab, ro‘yxatdan o‘tishi zarur.



Elchi Rashad Mamedov ozarbayjon tiliga qiziqqan barchani bepul kurslarda ishtirok etishga taklif qilgan.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari