07:51, Sentabr 29, 2026
/
762

O‘zbekistonda Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab va oliy ta’limdagi navbatdagi rejalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi. Unda Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali tashkil etilishi e’lon qilindi.

Filialda xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi. Jarayonni 2026/2027-o‘quv yilida boshlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, filial doirasida talabalar va pedagoglar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda Xitoy tajribasi asosida ta’lim dasturlarini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbari ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni korxonalar ehtiyojiga moslashtirish va yangi filialda qabul jarayonlarini puxta tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari