Özbekistonda qutqaruvçilarni tayyorlaydigan texnikum oçiladi

Maktab bitiruvçilari 2027/2028-öquv yilidan texnikumda davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida öqişi mumkin. 2029-yildan esa texnikum bitiruvçilari orasidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.
Vazirlar Mahkamasi 2026-yil 6-noyabrda Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumini taşkil etiş töğrisidagi 611-son qarorni qabul qildi. Texnikum Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) akademiyasi huzurida, akademiya bilan bir kampusda faoliyat yuritadi va alohida yuridik şaxs maqomiga ega böladi.
Kimlar öqişga qabul qilinadi?
Umumta’lim maktablari bitiruvçilari belgilangan tartibda davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi. Ta’lim boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy dasturlar böyiça olib boriladi.
Yirik iqtisodiyot obyektlari, toifalangan obyektlar va xavfli işlab çiqariş korxonalarida işlayotgan qutqaruvçilar iş beruvçining buyurtmasi asosida tölov-kontrakt böyiça imtiyozli tartibda qabul qilinadi. Favqulodda vaziyatlar organlarida qutqaruvçi lavozimida xizmat qilayotgan xodimlar texnikumga qabul qilinsa, öqiş davrida ularning oylik maoşi saqlanadi.
Öquv maşğulotlari qanday ötadi?
Texnikumda nazariy darslar simulyatsiya maşğulotlari va virtual laboratoriyalardagi amaliyot bilan birga olib boriladi. Maşğulotlarga sohada katta iş tajribasiga ega mutaxassislar jalb etiladi. Öquv dasturlari fan va texnikadagi yangiliklar hisobga olingan holda yangilab boriladi.
Texnikumda qisqa muddatli kasbga öqitiş kurslari ham taşkil etiladi. Bunda mehnat bozori ehtiyojlari, iş beruvçilarning takliflari va FVV buyurtmalari hisobga olinadi.
Kadrlar zaxirasi va qabul örinlari qanday belgilanadi?
2029-yildan boşlab texnikumning kasbiy ta’lim dasturlarini tamomlagan bitiruvçilar orasidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.
FVV har yili 1-fevralgaça favqulodda vaziyatlar organlari, yirik obyektlar va xavfli işlab çiqariş korxonalarining kadrlarga bölgan ehtiyojini örganib, keyingi öquv yili uçun qabul böyiça takliflarni Kasbiy ta’lim agentligiga kiritadi.
Qarorga köra, FVV ikki oy içida texnikum ustavini tasdiqlaşi va uni davlat röyxatidan ötkazişi kerak. Vazirlik Kasbiy ta’lim agentligi bilan birga uç oy içida öquv rejalari va dasturlarini işlab çiqib, tasdiqlaydi.
Ilmira ALIZODA