16:00, Avgust 11, 2026
/
438

O‘zbekistondagi ilk xususiy oliygohning 8-avlod bitiruvchilariga diplom topshirildi

Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetini bu yil 2 000 nafar bakalavr va 293 nafar magistr muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayotga qadam qo‘ydi! Eng quvonarlisi, bitiruvchilar allaqachon Uzbekistan Airways, BYD, Hilton Hotels & Resorts, InterContinental, Hisense, BoMI hamda KOÇ Construction kabi yirik va nufuzli brendlarda o‘z faoliyatini boshlashga ulgurgan.

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti yurtimizdagi ilk xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 2018-yilda Toshkent shahrida dastlab Yeodju texnika instituti nomi bilan tashkil etilgan. Oliygoh O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasidagi innovatsiyalar va texnologiyalarni ta’limga transfer qilish borasidagi hamkorligining amaliy namunasidir.

Universitetda darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Ta’lim jarayoniga AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya va Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarini tamomlagan malakali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.

Faoliyatini dastlab 7 ta yo‘nalish bilan boshlagan ta’lim maskani bugungi kunga kelib o‘z ko‘lamini kengaytirib, bakalavriat yo‘nalishlarini sonini 48 taga yetkazdi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavrda quyidagi 12 ta yo‘nalish faoliyat boshlaydi:

➖Kosmetologiya,

➖Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili), –

➖Axborot tizimlari va texnologiyalari,

➖Barqaror transport,

➖Biotexnologiya,

➖Dasturiy injiniring,

➖Jismoniy madaniyat,

➖Komyuter injiniring,

➖Sanoat muhandisligi va menejmenti,

➖Sun’iy intellekt,

➖Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili),

➖Xalqaro munosabatlar.

Shuningdek, magistraturada ham amaliy matematika, arxitektura tarixi va nazariyasi, atrof-muhit muhandisligi, dasturiy injiniring, jahon iqtisodiyoti, kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti kabi 12 ta yo‘nalishda talabalarni qabul qilish rejalashtirilgan.  

Hozirgi kunda universitetning 5 ta maktabida 40 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida 2021/2022-o‘quv yilida Namangan va 2022/2023-o‘quv yilida Samarqand shahrida universitet filiallari o‘z faoliyatini boshlagan.

Siz ham xalqaro kompaniyalarda ishlashni va nufuzli diplom egasi bo‘lishni istaysizmi?

KIUTda qabul hali ham davom etmoqda! 48 ta bakalavriat va 22 ta magistratura yo‘nalishlaridan o‘zingizga mosini tanlab, kelajagingiz sari birinchi qadamni tashlang.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish: admission.kiut.uz
🔗 Yo‘nalishlar va narxlar: kiut.uz/en/admissions
☎️ Aloqa: +99878-129-40-40

©️Reklama huquqi asosida

Fikrlar (0)
Avval yangilari