09:49, Dekabr 19, 2025
/
286

O‘zbekistonlik talabalar o‘qish uchun Osiyoning qaysi mamlakatini tanlamoqda?

Koreya Turizm Tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha xalqaro talabalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,6% ga oshib, 204 000 kishini tashkil etdi. Kazinform muxbiri xabar berishicha, bunda Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Qozog‘iston va O‘zbekistondan kelgan talabalarning hissasi katta.

Xalqaro talabalarning eng katta qismini 112 000 kishi (umumiy sonning 55,2% i). bilan Xitoy fuqarolari tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda 33 000 talaba bilan Vyetnam, undan keyingi o‘rinlarda esa Yaponiya va Mo‘g‘uliston bormoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Janubiy Koreyaga talaba yuboruvchi asosiy Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga aylandi. 2024-yilning birinchi yarmida 5 000 nafar o‘zbekistonlik talaba o‘qish uchun Janubiy Koreyani tanlagan. YUNESKO Statistika institutining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida xorijda o‘qiydigan talabalar soni bo‘yicha yetakchilikni davom ettirmoqda. Ayni vaqtda 109,9 ming o‘zbekistonlik talaba xorijda o‘qimoqda.

Qiziq, ulardan qanchasi mamlakatga qaytib faoliyat olib boradi? Butun dunyoga iqtidorlarni yetishtirib beruvchi “zavod” maqomida qolish xavotiri ham bor…

Fikrlar (0)
Avval yangilari