Pedagog-talabalarga bayram munosabati bilan qancha “premiya” beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylari kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin edi.
Prezidentning 2025-yil mart oyidagi farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.
Mukofot pulini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki aynan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asos qilib olinadi. Hozirgi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming so‘mni tashkil qiladi. Demak, yangi tartibga asosan, pedagog va rahbar xodimlarga bayram munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha miqdorda mukofot puli berilishi mumkin.
Oygul Baxtiyorova