“Perevod” natijasidan norozimisiz: appelyatsiya bering!

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun apellyatsiya jarayoni boshlandi.
Apellyatsiya arizalari 27-avgustgacha, shu kuni ham, Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali talabgorning shaxsiy kabinetidan onlayn qabul qilinadi.
Apellyatsiya berish uchun talabgor test sinovida ishtirok etgan va sinov jarayonidan chetlashtirilmagan bo‘lishi kerak.
Apellyatsiya arizasini topshirgan talabgorga murojaatni ko‘rib chiqishning sana va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga borishi lozim.
Muhim: apellyatsiya faqat test natijasidan norozi bo‘lgan va belgilangan talablarga javob beradigan talabgorlar tomonidan berilishi mumkin.