14:25, Dekabr 11, 2025
/
347

Milliy tadqiqot politexnika universiteti laboratoriyasida portlash sodir bo‘ldi

Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti (PNIPU) laboratoriyasida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar va jabrlanganlar bor, – deya xabar bermoqda “Kommersant” internet nashri.

Prokuratura “RIA Novosti” ga xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Perm politexnika fakulteti binosidagi favqulodda hodisaga gidrodinamik stendning germetikligi buzilishi (depressurizatsiyasi) sabab bo‘lgan. Portlash oqibatida Perm politexnikasida sinovdan o‘tkazilayotgan uskunani ishlab chiqaruvchi zavod direktori va uning 10 yoshli qizi halok bo‘lgan. Yana uch kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqida o‘lka hududiy xavfsizlik vazirligi xabar berdi.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasining Perm o‘lkasi bo‘yicha Tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergovchilar va kriminalistlar ayni paytda universitet binosida ishlashmoqda. Jinoiy ishning qo‘zg‘atilishi fojiaga javobgar shaxslarni va xavfsizlik qoidalarining buzilishi holatlarini aniqlashga qaratilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari