09:35, Noyabr 3, 2026
/
1,2 тыс

Prezident Buxoroda: viloyat oliy ta’limi tizimini raqamlarda körib çiqamiz

Bugun, 3-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga ikki kunlik taşrif buyuradi. Davlat rahbari hududda tarixiy merosni asraş va turizm infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, sanoat va qişloq xöjaligidagi istiqbolli loyihalar bilan tanişadi.

Şuningdek, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş, yangi obyektlar qurilişini boşlaş hamda viloyatni kompleks rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkaziş rejalaştirilgan. Şu munosabat bilan Buxoro oliy ta’lim tizimining bugungi manzarasini raqamlar orqali közdan keçirdik.

Buxoroda 123 mingdan ortiq talaba öqiydi

Ta’lim statistikasi ma’lumotlariga köra, bugun Özbekistondagi oliy ta’lim taşkilotlarida jami 1 872 489 nafar talaba tahsil olmoqda. Şundan 123 764 nafari Buxoro viloyatiga töğri keladi. Bu mamlakatdagi barça talabalarning 6,6 foizi demakdir. Mazkur körsatkiç bilan Buxoro hududlar orasida sakkizinçi örinni egallab turibdi.

Talabalarning 57 foizi – qizlar

Buxoro OTMlarida qizlar soni yigitlarnikidan köp. Viloyatda 70 084 nafar ayol va 53 680 nafar erkak talaba öqiydi. Şunday qilib, talabalarning 57 foizini ayollar, 43 foizini esa erkaklar taşkil etadi.

Har 100 talabadan 92 nafari bakalavr

Viloyat oliy ta’limida bakalavriat asosiy uluşga ega. Bu bosqiçda 114 319 nafar talaba tahsil olmoqda. Magistraturada 8 662 nafar, ordinaturada esa 783 nafar talaba öqiydi. Uluşlar mos ravişda 92 foiz, 7 foiz va 1 foizdan kamni taşkil etadi.

Talabalarning 89 foizi kontrakt asosida öqiydi

Tölov şakli böyiça ham raqamlar e’tiborga molik. Buxoro viloyatida 110 603 nafar talaba kontrakt, 13 161 nafari esa davlat granti asosida tahsil oladi. Demak, har 10 talabadan qariyb 9 nafari tölov-şartnoma asosida öqiydi. Grant asosida ta’lim olayotganlar uluşi esa 11 foizni taşkil etadi.

Birinçi kurs talabalari boşqalardan ança köp

Kurslar kesimida eng katta körsatkiç birinçi kursga töğri keladi. Bu bosqiçda 39 272 nafar talaba öqiydi. Ular viloyatdagi jami talabalarning qariyb 32 foizini taşkil etadi.

Keyingi kurslardagi körsatkiçlar quyidagiça:

➖2-kurs – 23 762 nafar;

➖3-kurs – 20 586 nafar;

➖4-kurs – 22 179 nafar;

➖5-kurs – 17 111 nafar;

➖6-kurs – 854 nafar.

Birinçi kurs talabalari soni ikkinçi kursdagilardan qariyb 1,7 baravar köp. Şuningdek, viloyatda 4-kurs talabalari 3-kurs talabalaridan köpligi ham e’tiborni tortadi.

Talabalarning 63 foizi kunduzgi ta’limda

Buxoro OTMlarida eng keng tarqalgan ta’lim şakli – kunduzgi ta’lim. Unda 78 133 nafar talaba, ya’ni jami talabalarning qariyb 63 foizi öqiydi.

Boşqa ta’lim şakllaridagi körsatkiçlar:

➖Sirtqi – 31 796 nafar (26 foiz);

➖Keçki – 5 400 nafar (4 foiz);

➖Masofaviy – 4 645 nafar (4 foiz).

Bundan taşqari, talabalar ikkinçi oliy ta’lim, dual va qöşma dasturlar hamda maxsus sirtqi ta’lim şakllarida ham tahsil oladi. Jumladan, 985 nafar talaba sirtqi ikkinçi oliy ta’limda, 903 nafari masofaviy qöşma dasturlarda, 573 nafari esa kunduzgi qöşma dasturlarda öqiydi.

Talabalarning 84 foizi 30 yoşga tölmagan

Viloyat OTMlarida tahsil olayotganlarning asosiy qismini yoşlar taşkil etadi. 104 328 nafar talaba 30 yoşgaça, 19 436 nafari esa 30 yoşdan katta. Boşqaça aytganda, Buxorodagi har 100 talabadan qariyb 84 nafari 30 yoşga tölmagan.

Buxoroda 2 474 nafar xorijlik talaba öqiydi

Viloyat oliy ta’lim taşkilotlarida xorijiy fuqarolar ham tahsil olmoqda. Ularning soni 2 474 nafar bölib, jami talabalarning 2 foizini taşkil etadi.

Talabalarning asosiy qismi – 121 290 nafari Özbekiston fuqarolari.

Talabalarning 56 foizi talabalar turar joyida yaşaydi

Yaşaş joyi böyiça eng katta guruhni talabalar turar joyida istiqomat qilayotganlar taşkil etadi. Ular 69 567 nafar bölib, jami talabalarning qariyb 56 foiziga teng. 40 349 nafar talaba (33 foiz) öz uyida, 12 273 nafari (10 foiz) ijarada yaşaydi. Bundan taşqari, 1 426 nafar talaba qarindoşlarinikida, 149 nafari esa tanişlarinikida istiqomat qiladi.

Viloyatda 10 ta OTM faoliyat yuritadi

Buxoro viloyatida jami 10 ta oliy ta’lim taşkiloti mavjud. Ularning 4 tasi davlat, 6 tasi esa nodavlat OTM hisoblanadi.

Davlat oliy ta’lim taşkilotlari:

➖Buxoro davlat universiteti;

➖Buxoro davlat texnika universiteti;

➖Buxoro davlat tibbiyot instituti;

➖Buxoro davlat pedagogika instituti.

Nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari:

➖Acharya University;

➖Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti;

➖Buxoro innovatsiyalar universiteti;

➖Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti;

➖Osiyo xalqaro universiteti;

➖Zarmed Universiteti.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari