09:04, Avgust 24, 2026
/
323

E’tirof: bir guruh oliygohlar professorlari orden va medallar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:
– To‘xtasimov Shuhrat Mahmudovich – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori.

“Imom Buxoriy” ordeni bilan:
– Islomov Zohid Mahmudovich – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:
– To‘rayev Halim – Buxoro davlat universiteti professori.

“Do‘stlik” ordeni bilan:
– Gafurova Lazizaxon Akramovna – O‘zbekiston Milliy universiteti professori
– Koroli Mexriya Anvarovna – Toshkent davlat texnika universiteti professori
– Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich – Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri.

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:
– Rahmanqulova Zuhra Jandarovna – Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:
– Ergashev Sirojiddin Fayazovich – Farg‘ona davlat texnika universiteti professori.

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan:
– Olimov Nemat Kayumovich – Toshkent farmatsevtika instituti kafedra mudiri
– To‘rayev Telmon Temirovich – Buxoro davlat tibbiyot instituti dotsenti.

“Sog‘lom turmush” medali bilan:
– Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi.

“Shuhrat” medali bilan:
– Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna – Qo‘qon davlat universiteti fakultet dekani
– Karshiyev Faxridin Umarovich – Termiz davlat universiteti professori
– Nurmamatov Furqat Abdug‘aniyevich – Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti dotsenti
– Rasulov Zokir Pardayevich – O‘zbekiston davlat sport akademiyasi prorektori
– Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri
– Yo‘ldoshev Elyor Turg‘unpo‘latovich – “Namangan International University and School” nodavlat ta’lim muassasasi direktori
– To‘rakulov Qahramon Izatullayevich – “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi.

Boshqa soha vakillari orasida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz ro‘yxati bu yerda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari