07:58, Iyul 24, 2026
/
4,4 тыс

Qabul 2026: mandat 15-avgustda e’lon qilinadimi?

Xabaringiz bor, kecha 23-iyul kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari to‘liq yakuniga yetdi. Shu munosabat bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi talabgorlar statistikasini e’lon qildi.

Unga kora, o‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 609 nafar abituriyentdan 610 000 nafardan ortig‘i ishtirok etgan. Shuningdek, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatilgan. Qiziq tarafi, chetlatilish holatlari testlarning faqat 10-kunidagina kuzatilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida test sinovlarining 10-kuni natijalari 24-iyul kuni e’lon qilingach, 25-iyuldan boshlab, 15 kun davomida – 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etishlari, bunda ta’lim muassasalarini, ta’lim yo‘nalishlarini, ta’lim ustuvorliklarini va ta’lim shakllarini tanlashlari mumkin. Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. Demak, mandat eng uzog‘i 15-avgustda e’lon qilinadi!

Balingiz Siz tanlagan OTM o‘tish ballariga qanchalik yaqin ekanligini bu yerda bilib olasiz.

Fikrlar (0)
Avval yangilari