07:35, Avgust 26, 2026
/
409

Qabul 2026: ballar bo‘yicha ham, OTMga kirish bo‘yicha ham Navoiy viloyati yetakchi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026-yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish testlaridagi natijalarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bitiruvchilarning o‘rtacha bali 2026-yilda 92,5 ballga oshgan. Bu bir yil ichida 11,6 ballik o‘sishni anglatadi.

Hududlar kesimida Bitiruvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha ko‘rsatkichi quyidagicha:

Navoiy viloyati – 112,8 ball 
Buxoro viloyati – 110,8 ball 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 94,8 ball 
Farg‘ona viloyati – 94,7 ball 
Toshkent shahri – 94 ball 

OTMga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha ham Navoiy viloyati yetakchi – bu hududda maktab bitiruvchilarining 52,5 foizi oliy ta’limga qabul qilingan. Keyingi o‘rinlarda Buxoro – 37,9 foiz va Jizzax – 35,9 foiz.

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilda jami 454 833 nafar o‘quvchi maktabni tamomlagan. Ularning 333 463 nafari, ya’ni 73 foizi, OTMga kirish testlarida qatnashgan.

Shulardan bu yil 34 681 nafar bitiruvchi grant asosida o‘qishga tavsiya etilgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 29 881 nafar bo‘lgan

Shuningdek, 56,7 balldan past natija qayd etgan bitiruvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 13 ming nafarga kamaygan.

Bu natijalar 2026-yil maktab bitiruvchilarining OTMga kirishdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari sezilarli oshganini ko‘rsatmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari