Qirg‘izistonlik talaba YTHda jabrlangan insonning hayotini saqlab qoldi

Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasining 6-bosqich talabasi Adinay Kabenova yo‘l-transport hodisasida jabrlangan fuqaroga tez yordam yetib kelguniga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qolishga yordam berdi.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 3-avgust kuni Olatov va Kungay Olatovi oralig‘idagi Bo‘o‘m darasida sodir bo‘lgan.
Voqea guvohi bo‘lgan Adinay Kabenova vaziyatni tezda baholab, jabrlanuvchiga zarur birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan.
Vazirlik talabaning o‘z vaqtida va to‘g‘ri harakat qilgani jabrlanuvchining hayotini tez yordam xodimlari yetib kelguniga qadar saqlab qolishda muhim rol o‘ynaganini bildirdi.
5-avgust kuni Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Damir Osmonov Adinay Kabenova bilan uchrashib, uning professionalligi, qat’iyati va befarq bo‘lmagani uchun minnatdorlik bildirdi. Talabaga vazirlikning tashakkurnomasi topshirildi.
“Tibbiyotda bilim juda katta ahamiyatga ega. Ammo insonparvarlik, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik va eng og‘ir vaziyatda yordam qo‘lini cho‘zish ham shunchalik muhim. Adinay o‘z harakati bilan bugunoq bo‘lajak shifokor degan sharafli nomga munosib ekanini isbotladi”, – dedi vazir.