07:50, Oktabr 2, 2026
/
555

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul natijalari e’lon qilindi

30-sentyabr kuni qaraqalpoq yoshlari uchun davlat OTMlariga kirishda qo‘shimcha kvotalar e’lon qilingan edi.

6 500 nafar abituriyent davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilindi.

Ushbu imkoniyat:

– ro‘yxatdan o‘tish vaqtida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston bo‘lgan;
– Qoraqalpog‘istondagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan;
– kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija qayd etgan;
– biroq asosiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga taqdim etildi.

Tanlov abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida amalga oshirildi.

Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Natijani qanday bilish mumkin?

my.uzbmb.uz – shaxsiy kabinet orqali;

mandat.uzbmb.uz – ID raqamingizni kiritish orqali.

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari