Qoraqalpog’istonlik talaba qiz mashina bilan taqdirlandi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan bir qator innovatsion loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etildi.
Taqdimot davomida iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, muhandislik loyihalari va ilmiy tashabbuslari bilan ishtirok etishdi. Tadbirning eng diqqatga sazovor qismlaridan biri Nukus davlat texnika universiteti talabasi Ayzada Asanovaning taqdimoti bo’ldi.
Yosh ixtirochi qiz uzoq masofaga eng kam energiya sarflaydigan eko-avtomobil loyihasini namoyish etdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu yangi avlod avtomobili 10 kilometr masofaga atigi 40 vatt energiya sarflaydi. «Kelajak muhandislari» xalqaro festivali g’olibasiga aylangan Ayzada tez orada Belgiyada bo’lib o’tadigan xalqaro tanlovda O’zbekiston nomidan ilk bor qizlar jamoasi bilan ishtirok etib, yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarishga va’da berdi.
Yosh muhandis qizning izlanishlariga rag’bat sifatida unga Prezident sovg‘asi – Volkswagen elektromobilini sovg’a qilindi.