11:29, Iyul 3, 2026
/
343

Qozogʻistonda bepul sunʼiy intellekt universiteti ochiladi

Qozogʻistonda yangi Qazaq AI tadqiqot universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida fan va oliy taʼlim vaziri Sayasat Nurbek Xorijiy investorlar kengashi doirasida maʼlum qildi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, universitet joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Uning faoliyati tubdan yangi taʼlim modeliga asoslanadi.

Vazirning aytishicha, universitetga grantlar ham beriladi. Birinchi guruh 500 kishigacha boʻladi. Bakalavr va magistratura dasturlari taklif etiladi. Bakalavr dasturi toʻrt yil, magistratura dasturi esa bir-ikki yil davom etadi. Hozircha tom maʼnoda ikki yoki uchta dastur boʻladi, ammo ular Karnegi Mellon universiteti, Shanxay innovatsiya instituti va Muhammad bin Zayd nomidagi sunʼiy intellekt universiteti bilan hamkorlikda ishlaydi.

“Maqsad qishloq xoʻjaligi, energetika va transportda sunʼiy intellektni toʻgʻri, tizimli ravishda joriy etishga eʼtibor qaratadigan sanoat mutaxassislarini tayyorlashdir”, — deydi mulozim.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil hisobiga koʻra, Qozogʻistonda 35 mingta talaba 88 xil xorijiy davlatdan kelgan yoshlar hisoblanadi. Bunda top 3 talikdagi eng yirik talabalar guruhi hind, turkman va oʻzbeklardir.

Fikrlar (0)
Avval yangilari