08:27, Sentabr 24, 2026
/
305

Olmaotada talabalar saroyi tomining bir qismi qulab tushdi

Olmaotada Al-Farabi nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetiga qarashli U.A. Joldasbekov nomidagi talabalar saroyining tom qismi qulab tushdi.

Hodisa 24-sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Bino hozirda rekonstruksiya qilinayotgan edi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Universitet bayonotiga ko‘ra, 2023-yilda o‘tkazilgan texnik ekspertiza davomida binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarida jiddiy nuqsonlar aniqlangan. Jumladan, ustunlarning korroziyaga uchrashi, temir-beton konstruksiyalarning shikastlanishi va tom metall konstruksiyalarining deformatsiyasi qayd etilgan.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, talabalar saroyi 1985–1998-yillarda qurilgan va qariyb 30 yil davomida kapital ta’mirlanmagan.

Hozirda tomning qulashiga aynan nima sabab bo‘lgani, shuningdek, bu holat avval aniqlangan konstruktiv nuqsonlar bilan bog‘liq yoki yo‘qligi aniqlanmoqda. 

Universitet rekonstruksiya jarayonida binoning seysmik xavfsizligi va konstruktiv mustahkamligiga alohida e’tibor qaratilayotganini ma’lum qilgan.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari