Raddiya: vazir rektorlarni böşatgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov 5 nafar rektor lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning bildirişiça, 6-noyabrdagi yiğilişda rektorlar işdan olinmagan, faqat 4 nafar rektorga qattiq ogohlantiriş berilgan.
Bu haqida vazir jurnalist Karimberdi Töramurodga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.
“Avvalo, men hali beşta rektor emas, bittasini ham işdan olmadim. Yiğilişda beşta emas, törtta rektorni qattiq ogohlantirdim”, – degan Erkinjon Turdimov.
Vazirning sözlariga köra, ayni paytda vazirlikda maxsus işçi guruh tuzilgan. Rektorlarning öz lavozimida qolişi yoki qolmasligi mazkur guruhning örganişlari va xulosalari asosida hal etiladi. Şuningdek, vazirlikning 6-noyabrdagi rasmiy xabarida ham ayrim oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining lavozimiga loyiqligini örganiş uçun işçi guruh tuzilişi bildirilgan.
Şu tariqa, 5 nafar rektorning işdan olingani haqidagi avvalgi xabarlar öz tasdiğini topmadi.
Ra’no Nusratilloyeva