07:46, Noyabr 23, 2026
/
163

Endi OTMlar reyting va moliyaviy rağbat uçun bellaşadi

Oliy ta’lim taşkilotlarining milliy reytingini yuritiş tartibiga bir qator özgartirişlar kiritildi. Endilikda OTMlar reyting uçun zarur ma’lumotlarni maxsus platformaga 1-iyungaça kiritişi mumkin. Avval bu muddat 1-fevral edi.

OTMlarga reyting uçun köproq vaqt beriladi
Adliya vazirligi Oliy ta’lim taşkilotlarining milliy reytingini yuritiş töğrisidagi nizomga qöşimça va özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi. Unga köra, OTMlarning hisobot yili böyiça ma’lumotlarni maxsus platformaga kiritiş muddati 1-fevraldan 1-iyungaça uzaytirildi. Özgarişlarning yana bir muhim jihati – davlat OTMlarini milliy reyting natijalariga köra rağbatlantiriş tartibi belgilanmoqda. Ta’lim va ilm-fan vazirligi reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 iş kuni içida tegişli davlat OTMlariga rağbatlantiriş mablağlarini ötkazadi. Şu tariqa reytingdagi yuqori natija OTM uçun nafaqat nufuz, balki moliyaviy rağbatga ham sabab bölişi mumkin.

Bitiruvçi sifati reytingda muhimroq böladi
Milliy reytingni hisoblaşda bitiruvçilar bilan boğliq ayrim körsatkiçlar ham özgaradi. “Bitiruvçi sifati indeksi”ni hisoblaş metodikasi davlat röyxatidan ötkazilgani sababli, bitiruvçilar bandligiga oid ayrim indikatorlar uşbu indeks natijalari bilan almaştiriladi. Bundan taşqari, OTMning xalqaro darajadagi obrösini aniqlaşda xorijiy hamkor oliy ta’lim va ilmiy taşkilotlardan 200 nafargaça xodim jalb qilinişi mumkin.

Qaysi OTMlar milliy reytingga kiritiladi?
Avvalroq Özbekistonda OTMlarni milliy reytingdagi natijalariga qarab rağbatlantiriş taklif qilingandi. Milliy reytingga taşkil etilganiga kamida uç yil bölgan va bakalavriat bitiruvçilariga ega OTMlar kiritiladi.Yangi tartibdan keyin milliy reyting OTMlarning faoliyatini baholaş bilan birga, ularni rağbatlantirişda ham muhim mezonlardan biriga aylanişi kutilmoqda.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari