15:25, Noyabr 18, 2026
/
1,6 тыс

Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan talabaga hukm öqildi

Samarqandda oliy ta’lim muassasalaridan birining 5-bosqiçida tahsil olayotgan ayol özining tört kunlik çaqaloğini 85 ming dollarga sotişga uringani uçun sudda aybdor deb topildi. Unga 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan bölsa-da, jazo şartli ravişda qöllanildi.

Daryo.uz naşri tanişgan sud hujjatlariga köra, 1999-yilda tuğilgan ayol uçinçi farzandiga homiladorlik davrida turmuş örtoği bilan kelişa olmay, ota-onasining uyiga ketgan. 2026-yil iyul oyining boşida u Telegram’dagi “Surrogat ona” nomli guruhga qöşilgan. Şundan söng özini “Odina” deb taniştirgan şaxs ayol bilan boğlanib, hali tuğilmagan çaqaloğini sotib olmoqçi bölgan oila borligini bildirgan. Dastlab bola uçun 70–90 ming dollar taklif qilinişi aytilgan, keyinçalik esa xaridorlar 90 ming dollar berişga tayyorligini ma’lum qilgan.

Iyul oyi oxirida ayol öğil farzandli bölgan. Tuğruqdan keyin u fikridan qaytib, çaqaloğini sotmasligini bildirgan. Biroq xaridorlar bilan boğlovçi şaxs ayolni Telegram guruhida firibgar sifatida körsatiş bilan qörqitgan. Şundan söng u tuğuruqxona manzilini yuborişga rozi bölgan. Oradan köp ötmay, tuğuruqxona oldiga ikki erkak va bir ayol kelgan. Ayol şifokorlarga farzandini Toşkentga olib ketişini aytib, tilxat yozgan va çaqaloğini taşqariga olib çiqqan. Xaridorlar bola uçun 85 ming dollar taklif qilgan. Ayol pulni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşlangan.

Sud qanday hukm çiqardi?

Sud majlisida ayol aybiga iqror bölib, qilmişidan puşaymonligini bildirgan. U uç nafar farzandi qaramoğida ekanini, turmuş örtoği bilan ajraşganini va soğliğidagi muammolarni inobatga olib, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaşni söragan.

Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi ayolni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “b” bandi – odam savdosi bilan aybdor deb topib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Biroq sud uning qaramoğida uç nafar farzandi borligi, soğliği va puşaymonligini hisobga olib, Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan jazoni şartli ravişda qöllagan va 3 yillik sinov muddatini belgilagan. Şu tariqa, ayolga 7 yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan bölsa-da, u belgilangan sinov muddati davomida qonunçilik talablariga rioya qilişi şarti bilan jazoni amalda ötaşdan ozod qilingan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari