SAT magistraturaning barcha yo‘nalishlari uchun imtiyoz bermaydi!

Ma’lumki, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavrdagi kabi ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi. Biroq ushbu sertifikat asosida xohlagan yo‘nalishga topshirish mumkin deb o‘ylash xato. SAT faqat ma’lum mutaxassisliklar uchungina imtiyoz beradi.
Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Matematika;
▪️ Matematik iqtisodiyot;
▪️ Aktuar va moliyaviy matematika;
▪️ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika).
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi:
▪️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Lingvistika: ingliz tili;
▪️ Adabiyotshunoslik: ingliz tili.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
▪️ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili;
▪️ Sinxron tarjima: ingliz tili.