14:31, Iyun 15, 2026
/
279

“Shifokorlik sirini saqlashga qasamyod qilaman …”

Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi san’at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universiteti bitiruvchilarining shifokorlik qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudoyqulov hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymurodov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni kasbiy faoliyatga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi va ularga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir yakunida 4 ming nafardan ortiq bitiruvchi shifokorlik qasamyodini qabul qildi.

Ma’lumot o‘rnida o‘tgan yilda ham 4 mingdan ortiq talaba shifokorlik qasamyodi qabul qilgan edi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari